• Kirish

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova Turkiyaga jo'nab ketdi

  • 2024-05-22
  • 2429
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova Turkiyaga jo'nab ketdi

Institut rektori Shahzoda Negmatova 2024-yilning 23-24-may kunlari Turkiya Respublikasining Mersin shahrida Nejmettin Erbakan universiteti (Turkiya), Mersin universiteti (Turkiya), Alfraganus universiteti (O‘zbekiston) va O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti (O‘zbekiston) va boshqa bir qator oliy ta’lim muassasalari hamkorligida uchinchi marta tashkil etiladigan “Ipak yo‘li va Konferensiyalar” seriyasi (SIRCON 2024) “Bir makon – bir yo‘l: til, inson kapitali va madaniy meros” mavzusida Mersin universiteti mezbonligida o'tkaziladigan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Turkiyaga jo'nab ketdi. 

Xizmat safari davomida Turkiyaning bir qator oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuvlar o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING