• Kirish

Vatan himoyasi - muqaddas burch, oliy sharaf!

  • 2024-01-14
  • 1602
Vatan himoyasi - muqaddas burch, oliy sharaf!

Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar, O‘zbekistonimizning mard va jasur o’g’lonlari!
 Barchangizni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman! 

 Shubhasiz, oliyjanob xalqimizning zabardast o’g’lonlari o’z qasamyodlariga sodiq bo’lib, yurtimiz sarhadlarini yerda ham, ko’kda ham sidqidildan himoya qilmoqda. Biz hamisha mamlakatimiz muzofotida sobit turgan kuchli va bahodir harbiylarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz! 

 Bugun O‘zbekiston armiyasining haqiqiy kuch va qudratini xalqaro harbiy musobaqalardagi natijalar orqali ko’rib turibmiz. Shu o’rinda, ajdodlarimizning “Bilagi zo‘r – birni yengar, bilimi zo’r – mingni” hikmatli so’zini yodga olish lozim. Chunki davlatimiz rahbari tomonidan olib borilgan muhim va strategik islohotlar natijasida armiyamizning nufuzi va kuch qudrati yanada ortib bormoqda. 

 Aziz do’stlar, siz va siz orqali barcha oila a’zolaringizni ushbu sharafli ayyom bilan tabriklab, barchangizga sog’lik, oilaviy baxt, tinchlik-totuvlik tilayman! Bayramingiz muborak bo’lsin!

Shahzoda Negmatova,
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori

Teglar
BIZ BILAN BO'LING