• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Erasmus+ Milliy Ofisi hamkorligida xalqaro seminar tashkil etildi

  • 2025-02-13
  • 3309
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Erasmus+ Milliy Ofisi hamkorligida xalqaro seminar tashkil etildi
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Erasmus+ Milliy Ofisi hamkorligida xalqaro seminar tashkil etildi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Erasmus+ Milliy Ofisi (NEO) o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Erasmus+ Milliy Ofisi (NEO), O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti hamda Erasmus+ Oliy ta’lim islohotlari ekspertlar milliy guruhi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Samarqand va Jizzaxdagi oliy ta’lim muassasalari vakillari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xalqaro hamkorlik va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Erasmus+ dasturining O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun imkoniyatlari, 2025-yilgi grant dasturlariga tayyorgarlik, hamkorlik asosida innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek, Erasmus+ CBHE DECIDE va HEMUA loyihalari doirasidagi eng yaxshi amaliyotlar muhokama qilindi.

Mazkur seminar O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti jamoasi uchun xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro grant loyihalarida faol qatnashish uchun muhim qadam bo‘ldi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post