- 2024-11-22
- 6544
Institut va maktablar hamkorligi davom etmoqda

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti dekani, professor Noryigit Musulmonov Payariq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 16-maktab jamoasi bilan hamkorlikda, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maktab hududiga turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekishdi. Shundan so‘ng maktab o‘qituvchilarining darslari tahlil qilinib, ularga kerakli tavsiyalar berildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati