• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Keimyung College University hamkorligi kengaymoqda

  • 2025-03-27
  • 6366
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Keimyung College University hamkorligi kengaymoqda
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Keimyung College University hamkorligi kengaymoqda

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Koreya Respublikasining Keimyung College University prorektori, professor Lee Sang Seog bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Akbar Safarov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshligi Mahmudjon Jumayev, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani Yulduz Ne’matjonova hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Tomonlar mavjud hamkorlikni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida istiqbolli rejalar belgilab olindi. Dekan Yulduz Ne’matjonova bilan ushbu sohada ilmiy-tadqiqot va ta’lim dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro tajriba almashinuvini rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post