- 2025-04-19
- 5421
Qozog‘istonning SDU universiteti bilan hamkorlik o‘rnatildi

Ayni kunlarda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani Yulduz Ne’matjonova boshchiligidagi bir guruh professor-o‘qituvchilar Qozog‘istonning SDU universitetida bo‘lib turibdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim muammolari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishdir.
Tashrif doirasida Yulduz Ne’matjonova SDU universiteti rektori Igenbayev Alimjan hamda pedagogika va gumanitar fanlar fakulteti dekani Jaynagul Duysebekova bilan uchrashdi. Uchrashuvda kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, oliy ta’lim muassasalari va fakultetlar o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida akademik mobillik va o‘qituvchilar almashinuvi doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida SDU universiteti rektoriga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati