Samarqand davlat pedagogika instituti va Sulton Idris ta’lim universiteti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

  • 2025-07-18
  • 6329
Samarqand davlat pedagogika instituti va Sulton Idris ta’lim universiteti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Samarqand davlat pedagogika instituti va Sulton Idris ta’lim universiteti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova Malayziyaning nufuzli Sulton Idris ta’lim universiteti kotibiyat rahbari Mr. Helmi Zaifura bin Abdul Rahman boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Delegatsiya tarkibidan Moliya masalalari bo‘yicha prorektor Mr. Mohamad Najib bin Mohamad, Ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Dr. Ridzwann bin Che Rus, Xalqaro hamkorlik bo‘limi rahbari Dr. Ramlee bin Ismail hamda Inovatsion rivojlanish agentligi eksperti va koordinator Dr. Che Zalina binti Zulkifli o‘rin olishgan.

Uchrashuvda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rahbariyati o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilib, fakultetlararo mavjud anglashuv memorandumini oliygohlar doirasida kengaytirish yuzasidan aniq maqsadlarni belgilab olishdi. Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi:

– Ilmiy nashriyot markazini tashkil etish;
– O‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
– Tadqiqotchilar ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikda ilmiy loyihalar amalga oshirish;
– Yashil iqtisodiyot konsepsiyasiga asoslangan innovatsion laboratoriyalar barpo etish.

Tashrif doirasida tomonlar “Malayziya–O‘zbekiston: Ta’lim va madaniyat markazi” hamda “Ma’rifat bog‘i”ni tashkil etish bo‘yicha ham o‘zaro kelishuvga erishdilar.

Shundan so‘ng mehmonlar institutda faoliyat yuritayotgan markazlar bilan yaqindan tanishtirildi, ularning ish faoliyati va imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir so‘nggida musiqa yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi kuy va qo‘shiqlar jonli ijro etildi. Bu esa delegatsiya a’zolarida yorqin taassurot qoldirdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post