- 2025-10-08
- 6873
Samarqand davlat pedagogika instituti va O‘sh davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Samarqand davlat pedagogika institutida Qirg‘izistonning O‘sh davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Xususan, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminar va treninglar o‘tkazish, xorijiy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish hamda pedagogika yo‘nalishida tajriba almashinuvini kuchaytirish borasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.
Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu tashabbus O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy integratsiyani chuqurlashtirish hamda yosh avlodni zamonaviy bilim va xalqaro tajriba asosida tayyorlashga xizmat qiladi.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati