Samarqand davlat pedagogika instituti va Turkiyaning Aksaray universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

  • 2025-10-09
  • 8569

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova Turkiyaning Aksaray universiteti rektori, professor Alpay Arıbaş boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi rahbarlarining ilk muloqoti bo‘lib, unda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari muhokama etildi. Xususan, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida akademik mobillikni rivojlantirish, tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, xorijiy stajirovkalarni amalga oshirish, o‘qituvchi va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, pedagogika sohasida seminar va treninglar o‘tkazish borasida kelishuvlarga erishdilar.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post