Shahzoda Negmatova Fransiya Alyansi markazi direktorini qabul qildi

  • 2025-10-13
  • 7018
Shahzoda Negmatova Fransiya Alyansi markazi direktorini qabul qildi
Shahzoda Negmatova Fransiya Alyansi markazi direktorini qabul qildi

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova Fransiya Alyansi markazi direktori Marjolaine Le Galloneni qabul qildi.

Uchrashuvda institutning aniq fanlar yo‘nalishida (fizika va matematika) tahsil olayotgan talabalarga fransuz tilini o‘qitish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha Fransiya fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida kelgusida boshqa xalqaro grant loyihalarida ham hamkorlikda ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post