- 2025-10-23
- 5494
Samarqand davlat pedagogika instituti tillar fakulteti hamda Ozarbayjon tillar universiteti o‘rtasida ilmiy-pedagogik hamkorlik doirasida onlayn dars o‘tkazildi.

“O‘lkashunoslik” fanidan tashkil etilgan ingliz tilidagi darsni Ozarbayjon tillar universiteti o‘qituvchisi olib bordi. Unda har ikki oliy ta’lim muassasasi talabalari faol ishtirok etib, o‘zaro fikr almashdilar va fanga oid bilimlarini mustahkamlashdi.
Tomonlar kelgusida bunday onlayn darslarni muntazam tashkil etib borish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati