- 2025-10-27
- 5672
Kembrij universitetida malaka oshirish dasturi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF–73-sonli Farmoni doirasida pedagogika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar.
Dasturda Samarqand davlat pedagogika instituti aniq va amaliy fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari Abror Inatov ham ishtirok etdi.
2025-yil 12–24-oktabr kunlari delegatsiya a’zolari Kembrij universitetining Ta’lim fakultetida bo‘lib, professorlar tomonidan o‘tkazilgan mahorat darslarida qatnashdilar, PGCE dasturi va innovatsion ta’lim yondashuvlarini o‘rgandilar.
Shuningdek, Cambridge Maths School va Comberton Village Collegeda darslarni kuzatib, tajriba almashdilar.
✒️ Dastur yakunida ishtirokchilarga Kembrij universiteti sertifikatlari topshirildi.




Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
