Samarqandda O‘zbekiston va Yaponiya rektorlari forumi boshlandi

  • 2025-10-30
  • 5911
Samarqandda O‘zbekiston va Yaponiya rektorlari forumi boshlandi
Samarqandda O‘zbekiston va Yaponiya rektorlari forumi boshlandi

Bugun Samarqand ilm va tafakkur maydoniga aylandi. O‘zbekiston va Yaponiyaning nufuzli oliygohlar rahbarlari, fan arboblari hamda mutaxassislari ishtirokida beshinchi Rektorlar forumi o‘z ishini boshladi.

Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Hiroshi Masuko, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev (onlayn tarzda), Yaponiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kenji Hirata, hamda Nagoya universiteti prezidenti Naoshi Sugiyama so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi ilm-fan sohasidagi hamkorlik samaralari amalga oshirilayotganini alohida qayd etishdi. Tadbirga Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov moderatorlik qildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Share This Post