- 2025-11-10
- 5772
Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Moskva shahrida ANT “Yevroosiyo” tomonidan tashkil etilgan “Ta’til maktabi” dasturida faol ishtirok etib qaytdi
Tadbir davomida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan pedagoglar bilan gumanitar va madaniy aloqalarni mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar uchun professional hamkorlik platformalarini yaratish, xalqaro forumlarda faol ishtirok etish, integratsion ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda pedagoglar uchun grant dasturlarida qatnashish bo‘yicha amaliy treninglar tashkil etildi.
Dastur yakunida institut delegatsiyasi a’zolari ANT “Yevroosiyo” rahbariyati tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.





Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
