- 2025-11-21
- 6026
Shahzoda Negmatova Giresun universitet talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Giresun universiteti rektori taklifiga binoan Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova universitet talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv doirasida har ikki oliy ta’lim muassasasi rahbarlari talabalar bog‘iga tashrif buyurib, talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Suhbat davomida Samarqand davlat pedagogika institutida talabalarga yaratilgan qulayliklar, imkoniyatlar, xalqaro dasturlar va ta’lim jarayonining innovatsion yondashuvlari haqida ma’lumot berildi. Bu esa Giresun universiteti talabalari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.
Ular talabalar almashinuvi dasturlari doirasida Samarqand davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda ta’lim olish istagini bildirdilar. Uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
