Tasviriy san’at va texnologik ta’lim yo‘nalishlarida muhim kelishuvlarga erishildi.

  • 2025-11-21
  • 6000
Tasviriy san’at va texnologik ta’lim yo‘nalishlarida muhim kelishuvlarga erishildi.
Tasviriy san’at va texnologik ta’lim yo‘nalishlarida muhim kelishuvlarga erishildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi a’zosi, institutning tasviriy san’at va texnologik ta’lim kafedrasi mudiri Gulnora Mahkamova Giresun universitetining tasviriy san’at fakultetida bo‘ldi. Tashrif doirasida fakultet talabalari hamda professor-o‘qituvchilari bilan mazmunli suhbat tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tasviriy san’at yo‘nalishidagi o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post