Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Istanbul universiteti Adabiyot fakultetida bo‘ldi.

  • 2025-11-22
  • 5921

Tashrif doirasida psixologiya kafedrasi mudiri Prof. Dr. Pınar Ünsal Bayrakçı bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda universitet tomonidan yuritilayotgan AKSIS — Istanbul universiteti veb-sahifasi (ebs.istanbul.edu.tr)ning ishlash tartibi va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Muhokamalar chog‘ida professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari, yo‘nalishlar kesimidagi o‘quv rejalari va kreditlar miqdori, talabalarni baholash mezonlari hamda masofaviy ta’limni tashkil etish mexanizmlari kabi bir qator masalalar yuzasidan tajriba almashildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post