SamDPI professor-o‘qituvchilari Moskva davlat pedagogika universitetida malaka oshirmoqda

  • 2025-11-26
  • 5992
SamDPI professor-o‘qituvchilari Moskva davlat pedagogika universitetida malaka oshirmoqda
SamDPI professor-o‘qituvchilari Moskva davlat pedagogika universitetida malaka oshirmoqda

Samarqand davlat pedagogika institutining tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi mudiri Shuxrat Jumayev hamda kimyo kafedrasi assistenti Dilnoza Isaqovalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan 24-noyabrdan 5-dekabrga qadar Moskva davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda. 

Ushbu kurslarda professor-o‘qituvchilarimiz soha bo‘yicha ilg‘or tajribalar, zamonaviy ta’lim usullari va innovatsion yondashuvlarni o‘rganishmoqda.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post