Samarqandda voleybol sportini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasi barpo etilmoqda

  • 2026-01-15
  • 6578
Samarqandda voleybol sportini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasi barpo etilmoqda
Samarqandda voleybol sportini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasi barpo etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PQ–274-sonli “Voleybol sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2024-yil 4-dekabrdagi PQ–421-sonli “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi, Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamkorligida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, sport maktabi hududida jahon talablariga javob beradigan zamonaviy voleybol maydoni hamda 24 o‘rinli yotoqxona qurilishi olib borilmoqda.  Joriy yilning 12-yanvar kuni Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida o‘tkazilgan institut ishchi apparat yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun institut rektori ushbu ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilda yangi sport bazasida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 2- va 4-tur o‘yinlari, ayollar o‘rtasida CAVA musobaqalari hamda talaba-yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Mazkur masalalar yuzasidan rektor tomonidan tegishli taklif va topshiriqlar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post