- 2026-01-26
- 5705
Shahzoda Negmatova PRESETT Leadership Programme xalqaro seminarida ishtirok etmoqda
Britaniya Kengashi hamda Cambridge University Press and Assessment tashkiloti hamkorligida Markaziy Osiyo davlatlaridagi oliy taʼlim muassasalari rahbar xodimlari uchun PRESETT Leadership Programme dasturi doirasida Buyuk Britaniyada 5 kunlik seminar-trening oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirda Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova ham ishtirok etmoqda.
Dasturdan koʻzlangan asosiy maqsad
— Markaziy Osiyoda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalari rahbarlarini birlashtirish, ilgʻor tajribalar almashish, muassasaviy yechimlarni hamkorlikda ishlab chiqish hamda loyiha yakunlangandan soʻng ham davom etadigan mintaqaviy rahbarlik tarmogʻini shakllantirishdan iborat.


Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
