- 2026-01-28
- 5951
PRESETT dasturi doirasida inklyuziv ta’lim masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi
Ayni kunlarda Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova Britaniya Kengashi hamda Cambridge University Press and Assessment hamkorligida tashkil etilgan PRESETT Leadership Programme doirasidagi seminar-treningda ishtirok etmoqda.
Dastur doirasida murabbiy Ben Goldstein tomonidan “Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda inklyuziya” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda inklyuziya ta’lim muassasasining barcha darajalarini qamrab oluvchi asosiy tamoyil sifatida talqin etildi. Shuningdek, inklyuziv ta’lim uchun universal dizayn yondashuvi, uni amaliyotga joriy etish yo‘llari hamda muassasalarni yanada inklyuziv qilishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
