Samarqand davlat pedagogika instituti hamda S. Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan onlayn muloqot tashkil etildi.

  • 2026-02-05
  • 6017

Mazkur muloqotda har ikkala oliy ta’lim muassasasining rahbariyati vakillari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.Suhbat jarayonida professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-loyihalar va xalqaro grant dasturlari doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolash yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post