• Kirish

Amaliy matematika va fizika fakulteti

FAKULTET TARIXI 
     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samaqrand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga asosan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti alohida oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 2-iyuldagi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida matematika va informatika, fizika-astronomiya, biologiya, kimyo, geografiya va jismoniy madaniyat yo‘nalishlari qamrovida “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti” tashkil etilib, 2021-2023-o‘quv yilida faoliyat ko‘rsatdi. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Ilmiy Kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 9-sonli qaroriga asosan “Amaliy matematika va fizika” fakulteti  faoliyati tashkil etildi.
Amaliy matematika va fizika fakulteti 2 ta kafedradan iborat: 
Matematika va informatika.
Fizika-astronomiya.
Amaliy matematika va fizika fakultetida ikkita yo’nalish mavjud:
Matematika va informatika
Fizika va astronomiya
   Ma’naviy-marifiy ishlar  
   Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Yaratilgan elektron majmualar O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti axborot resurslari markazi, ZiyoNet tarmog‘i va fakultet web-saytiga joylashtirib borilmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan oxirgi 3 yilda 5 ta darslik, 3 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 12 ta o‘quv-usuliy qo‘llanma, 200 dan ortiq maqola va tezislar chop etildi. Xususan, 2023-yilda professor-o‘qituvchilar tomonidan «Scopus» , Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 13 ta hamda impakt faktorga ega xorijiy jurnallarda 31 ta ilmiy maqola nashr qilinib, universitet reytingiga munosib hissa qo‘shildi. O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligining Intellektual mulk agentligidan 20 ga yaqin mualiflik guvohnomasiga ega bo‘ldi.​​​​​​ Fakultetda ma'naviy-ma'rifiy ishlar talabalarda umuminsoniy madaniy qadriyatlarni, xalqimizning ko'p asrlik an'analari va boy merosini o'zlashtirishga,  Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin qizlar bandligini ta’minlash masalalari”ga oid 5 ta muhim tashabbusga asoslangan yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan.