17-fevral kuni Samarqand davlat pedagogika institutida institut rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida navbatdagi ishchi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  • 2026-02-17
  • 5498

Yig‘ilish avvalida o‘tgan ishchi apparat yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan prorektorlar hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlari tinglanib, ular atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul rahbar xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, yangi hafta uchun bir qator muhim vazifalar belgilab olinib, ularning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash qat’iy nazoratga olinishi alohida ta’kidlandi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post