- 2026-02-25
- 5514
Ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori natijalarga erishgan bir guruh professor-o‘qituvchilar, magistrantlar hamda talabalar munosib taqdirlandi.
Samarqand davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar hamda talabalarning 2025-yil davomida amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot ishlari yakunlariga bag‘ishlangan IV an’anaviy ilmiy anjumanining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda yil davomida ilmiy sohada erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, dolzarb ilmiy izlanishlar va istiqboldagi vazifalar muhokama etildi.
Institut rektori Shahzoda Negmatova 2025-yilda ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori natijalarga erishgan fakultetlar, kafedralar, professor-o‘qituvchilar, magistrantlar hamda talabalarni munosib taqdirladi.
🏆 Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar:
Yil davomida ilmiy-tadqiqot faoliyatida eng samarali faoliyat olib borgan fakultet:
— Tabiiy fanlar fakulteti
Yil davomida ilmiy-tadqiqot faoliyatida eng samarali faoliyat olib borgan kafedralar:
Tabiiy fanlar fakultetining Biologiya kafedrasi
Aniq va amaliy fanlar fakultetining Informatika kafedrasi
Ijtimoiy fanlar fakultetining Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi
Tillar fakultetining O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
Pedagogika fakultetining Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi
Eng faol professor-o‘qituvchi:
Zamira Radjabova (Tillar fakulteti)
Eng faol yosh tadqiqotchi:
Ilyoz Eliboyev (Tabiiy fanlar fakulteti)
Eng faol magistrant:
Shaxrizoda Shukurova (Pedagogika nazariyasi va tarixi yo‘nalishi, 2-bosqich magistranti)
Eng faol talaba:
Mehroj Otamurodov (Aniq va amaliy fanlar fakulteti talabasi)









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
