Samarqandda rektorlar ishtirokida oliy taʼlimni transformatsiya qilish masalasi muhokama qilindi

  • 2026-03-15
  • 5725
Samarqandda rektorlar ishtirokida oliy taʼlimni transformatsiya qilish masalasi muhokama qilindi
Samarqandda rektorlar ishtirokida oliy taʼlimni transformatsiya qilish masalasi muhokama qilindi

2026-yil 15-mart kuni Samarqandda respublika oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini tubdan transformatsiya qilishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi muhokama qilindi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Sirojev va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov farmon loyihasining strategik ahamiyati, uning oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini tubdan yangilashdagi oʻrni hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishdagi ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, mazkur hujjat orqali oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangani taʼkidlandi.
Yigʻilishda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yuldashev hamda vazirning birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov farmon loyihasining asosiy yoʻnalishlari, uni amalga oshirish mexanizmlari va kutilayotgan natijalar yuzasidan batafsil taqdimot qildi. Taqdimotda universitetlar boshqaruvini takomillashtirish, taʼlim sifati baholash tizimini xalqaro talablar asosida rivojlantirish, shuningdek, ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlashga qaratilgan vazifalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur yig‘ilishda Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova ham ishtirok etdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post