- 2026-03-18
- 5900
Bugun, 18-mart kuni Samarqand davlat pedagogika institutida institut rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida navbatdagi ishchi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➡️ Yig‘ilish avvalida o‘tgan majlisda belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan prorektorlar hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, institutda davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun tashkil etilgan tayyorlov kurslari doirasida amalga oshirilgan ishlar holati, yangi o‘quv yilida ochilishi rejalashtirilayotgan ta’lim yo‘nalishlari, startap loyihalar hamda bitiruvchi bosqich talabalari bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
➡️ Ko‘rilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbar xodimlarga aniq topshiriq va tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida yangi hafta davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
