- 2026-03-19
- 5716
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Samarqanddagi uchrashuvlar doirasida tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari bilan uchrashdi.
Unda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, zamonaviy pedagogik usullarni joriy etish hamda o‘qituvchilar salohiyatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish va bolalarni sifatli ta’lim bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔰 Yig'ilish davomida ta’lim tizimida samaradorlikni oshirish uchun hududlarda amaliy ishlarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlandi hamda mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
