- 2026-04-08
- 1674
Bugun, 8-aprel kuni Samarqand davlat pedagogika institutida institut rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida navbatdagi ishchi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📌 Bugun, 8-aprel kuni Samarqand davlat pedagogika institutida institut rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida navbatdagi ishchi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ➡️ Yig‘ilish avvalida o‘tgan majlisda belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan prorektorlar hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Shuningdek, joriy yil 7-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasining kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, ilgari surilgan takliflar va topshiriqlar jamoa a’zolariga yetkazildi. ➡️ Yig‘ilish davomida doimiy ijrosi talab etiladigan va haftalik monitoringi yuritiladigan masalalar muhokama qilindi. Jumladan: 🟢 ijro intizomini mustahkamlash; 🟢 yoshlar bilan ishlash balansini ta’minlash; 🟢 startap loyihalarni amaliyotga joriy etish; 🟢 talabalarning to‘lov-kontrakt masalalari; 🟢 “4+2” amaliyot tizimining izchil nazoratini ta’minlash; 🟢 bitiruvchilar bandligini oshirish. Shuningdek, institutni xalqaro akreditatsiyadan o‘tkazish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, 2026/2027-o‘quv yilida ochilishi rejalashtirilgan yangi yo‘nalishlar ish jarayoni, professor-o‘qituvchilarning hujjatlari KPI tizimiga yuklanganlik holati kabi masalalar ham ko‘tarilib, muhokama qilindi. ➡️ Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbar xodimlarga aniq topshiriqlar va tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilish yakunida esa yangi hafta davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.




