SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “VOLONTYORLAR MARKAZI” OCHILDI

  • 2026-04-09
  • 1819
SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “VOLONTYORLAR MARKAZI” OCHILDI
SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “VOLONTYORLAR MARKAZI” OCHILDI

Samarqand davlat pedagogika institutida “Volontyorlar markazi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosimda Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Husan To‘xtayev hamda institut rektori, professor Shahzoda Negmatova ishtirok etdi. ➡️ Yangi tashkil etilgan markaz talaba-yoshlar o‘rtasida volontyorlik faoliyatini keng rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, fuqarolik mas’uliyati va jamiyatga daxldorlik hissini mustahkamlashga qaratilgan. Tadbir davomida markazning asosiy yo‘nalishlari, ustuvor vazifalari hamda istiqboldagi rejalari haqida atroflicha ma’lumot berildi. 🕸 “Volontyorlar markazi”ning tashkiliy tuzilmasi bilan quyidagi havola (https://drive.google.com/file/d/1_8kYZnzATpBAeYE2bIaW1uKfhNzoDjGb/view?usp=sharing) orqali tanishishingiz mumkin.

Share This Post