- 2026-04-11
- 1616
Iqtidorli va siyosatga qiziquvchi yoshlar o‘zaro bellashdi
Samarqand davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyati Kengashi bilan hamkorlikda “Siyosatdagi yoshlar” nomli zakovat intellektual turniri tashkil etildi. Mazkur tadbir 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan talaba-yoshlarning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda ularni rag‘batlantirishga qaratildi. Turnirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati, Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova, O‘zbekiston XDP Samarqand viloyati Kengashi raisi Badriddin Nasriyev, partiyaning shahar Kengashi raisi Rahmatillo Hakimov shuningdek, viloyat Kengashi mas’ullari, Yoshlar parlamenti a’zolari, partiyaning “Yoshlar qanoti” vakillari, yosh deputatlar, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbirni Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Shahzoda Negmatova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Deputat o‘z nutqida mazkur turnir yoshlarning siyosiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, partiya hamda yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faollikni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi va barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.










