O‘quv jarayonlari va talabalar muammolari o‘rganildi

  • 2026-04-21
  • 1741
O‘quv jarayonlari va talabalar muammolari o‘rganildi
O‘quv jarayonlari va talabalar muammolari o‘rganildi

Samarqand davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Noryigit Musulmonov hamda rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyevlar tabiiy fanlar fakultetida bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish maqsadida o‘quv jarayonlarini joylarda o‘rgandi. Jarayon davomida auditoriyalar, laboratoriyalar, moddiy-texnik baza va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, darslarning tashkil etilishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish darajasi hamda o‘quv-uslubiy ta’minot holati tahlil qilindi. Talabalar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ularning fikr va takliflari tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, institut akademik litseyida ham o‘quv-tarbiya jarayonlari va infratuzilma holati o‘rganildi. ➡️ Mazkur jarayon ta’lim sifatini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda samarali ta’lim muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Share This Post