Deputat mahallalardagi ijtimoiy muammolarni o‘rgandi

  • 2026-05-02
  • 1228
Deputat mahallalardagi ijtimoiy muammolarni o‘rgandi
Deputat mahallalardagi ijtimoiy muammolarni o‘rgandi

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Shahzoda Negmatova Samarqand shahridagi Bog‘isaroy MFYda bo‘lib, mahallada mavjud ijtimoiy muammolarni o‘rgandi. Jumladan, Spitamen Shoh ko‘chasi 248-xonadonda istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo‘qotgan, sog‘lig‘ida muammolari mavjud hamda ijtimoiy yordamga muhtoj Rahima Mustafayevaning holidan xabar olinib, unga amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng deputat Ilimobod MFYda ham bo‘lib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganib chiqdi. Mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazilib, hududda mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ushbu mahallada yashovchi Mansur Vohidovning holidan xabar olinib, uning murojaatlari tinglandi. O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi

Share This Post