- 2026-05-04
- 1941
SamDPI talabalari dala amaliyotiga yo‘l oldi
Samarqand davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakultetining biologiya va geografiya ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari o‘quv rejasiga muvofiq dala amaliyotini o‘tash uchun yo‘l oldi. ➡️ Amaliyot Samarqand viloyati Urgut tumanining Omonqo‘ton hududida joylashgan “Bahora” oromgohida tashkil etilib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ilmiy kuzatuv olib borish malakasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Talabalarni amaliyotga kuzatish jarayonida institut rahbariyati vakillari ishtirok etib, dala amaliyoti davomida faol, izlanuvchan va mas’uliyatli bo‘lish muhim ekani alohida ta’kidlandi. ➡️ Amaliyot davomida talabalar hududning tabiiy xususiyatlari, biologik xilma-xilligi hamda ekologik holatini o‘rganib, amaliy va ilmiy-tahliliy ko‘nikmalarini yanada boyitadilar.






