• Kirish

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti hududiga yaqin joylashgan maktabgacha ta'lim muassasalari bilan hamkorlik o'rnatilmoqda

  • 2024-05-14
  • 2345
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti hududiga yaqin joylashgan maktabgacha ta'lim muassasalari bilan hamkorlik o'rnatilmoqda

Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta'lim fakulteti dekani Sherzod Normo'minov institutga yaqin hududda joylashgan 79-sonli MTTda bo'lib, unda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Xususan, endilikda institut professor-o'qituvchilari MTT xodimlariga ilmiy-metodik yordam berishi, talabalarning ushbu bog'chada amaliyot o'tashi yuzasidan mas'ullar bilan kelishuvga erishdi. 

Ma'lumot uchun, ushbu MTT 360-nafar bolaga mo‘ljalangan, hozir unda 12 ta guruh mavjud bo‘lib, shulardan 3 ta kichik guruh, 4 ta o‘rta guruh, 3 ta katta guruh va 2 ta maktabga tayyorlov guruhlaridir.  

Tashkilotning 48-nafar xodimlaridan 23 nafari pedagog xodimlar bo‘lib, 6 nafari oliy ma’lumotli, 3-nafari   tugallanmagan  oliy  va 15-nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING