- 2024-12-07
- 5213
Hurmatli yurtdoshlar va aziz talabalar!
Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin yurakdan muborakbod etaman!
Konstitutsiya – bu mustaqil davlatimizning asosi, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va burchlarini kafolatlovchi hujjatdir. Ushbu hujjat bizning mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlab, jadal rivojlanish yoʻlida ishonchli huquqiy poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.
Konstitutsiyamiz asosida yosh avlodni tarbiyalash, ularga zamonaviy bilim va mahoratlarni oʻrgatish bizning pedagog sifatidagi muhim vazifalarimizdandir. Kelajak avlodlarimizni har tomonlama barkamol, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qadrlaydigan, mustaqil fikrlovchi shaxslar sifatida shakllantirish yoʻlida biz barcha kuch va imkoniyatlarimizni ishga solishda davom etamiz.
Ushbu kun munosabati bilan barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!
Hurmat bilan,
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori
Shahzoda Negmatova!