• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

Ta’lim sifatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

  • 2025-01-27
  • 3324
Ta’lim sifatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Ta’lim sifatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida ZOOM platformasi orqali ta’lim sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi. Ushbu tadbirga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining maslahatchisi Ulug‘bek Toshkenboyev raislik qildi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Husan To‘xtayev, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulovlar ham ishtirok etdi. 

Yig‘ilish davomida maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va Vazirlik ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari atroflicha muhokama qilindi. Raqamli ta’lim platformalari, jumladan, Cerebry tizimidan foydalanish jarayonlari ham ko‘rib chiqilib, sohada mas’ul bo‘lgan shaxslar uchun aniq vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari yig‘ilishda ta’lim jarayonini takomillashtirish va sifatni oshirish bo‘yicha kompleks yondashuvning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Jumladan, maktablar, pedagog kadrlar malakasini oshirish markazlari va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurati qayd etildi. Bunday hamkorlik zamonaviy ta’lim metodologiyalari, pedagogik innovatsiyalar va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish orqali ta’lim sifatini tubdan yaxshilash imkonini beradi.

Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining faol ishtiroki va ko‘magi ushbu jarayonni yanada samarali tashkil etishda muhim omil sifatida e’tirof etildi. Chunki ta’lim tizimini rivojlantirishda resurslarni boshqarish, infrastrukturani takomillashtirish va hududiy ehtiyojlarni inobatga olish muhim ahamiyatga ega. Hokimiyat organlarining yaqindan ko‘magida ta’lim muassasalari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, o‘quv jarayonida sifat va uzluksizlikni ta’minlashga erishiladi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post