- 2025-04-25
- 3606
Rektor va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova 4-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Talabalar turar joyi hovlisida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ortiqcha rasmiyatchiliklarsiz, do‘stona muhitda tashkil etildi. Uchrashuv davomida rektor talabalar bilan bevosita suhbatlashib, ularning muammolari va takliflarini diqqat bilan tingladi hamda mavjud masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, Shahzoda Negmatova talabalar bilan ularning ilmiy izlanishlari, chet tillarini o‘rganish jarayoni hamda kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdi. Har bir talabaga o‘z ustida ishlash va rivojlanishda faol bo‘lishni tavsiya qildi.
Uchrashuv yakunida esa rektor talabalarni yangi marralar sari intilishdan to‘xtamaslikka undab, ularga omad tiladi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati