- 2025-05-14
- 5519
Maktab ta’limidagi muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 13-may kuni Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevning Oqdaryo tumanidagi “Ustoz” sihatgohida ta’lim sohasi vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvi yuzasidan O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur muloqot davomida viloyat rahbari tomonidan maktab ta’limidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlariga doir bildirgan fikr-mulohazalar kafedra professor-o‘qituvchilariga yetkazildi. Jumladan, umumta’lim maktablariga amaliy-metodik yordam ko‘rsatish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi.
Uchrashuv yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari zimmasiga ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim vazifalar yuklatildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati