Rektor sayyor qabuli o‘tkazildi

  • 2025-05-14
  • 5649
Rektor sayyor qabuli o‘tkazildi
Rektor sayyor qabuli o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova fuqarolar, institut xodimlari hamda professor-o‘qituvchilar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida xorijiy tajriba asosida talabalar uchun dala amaliyotini samarali tashkil etish, "Registrar ofisi" faoliyatini takomillashtirish, ijro intizomi va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat bo‘yicha atroflicha o‘rganish olib borish, mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ul rahbar va xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post