- 2025-08-29
- 6139
Shahzoda Negmatova yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi

Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, O‘zbekiston XDP Samarqand shahar kengashi deputati Shahzoda Negmatova mas’ullar hamrohligida 4-son talabalar turar joyi va institut sport zalining 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
Kuzatuv davomida turar joydagi yashash xonalari, oshxonalar, yuvinish xonalari va sanuzellarning tozaligi, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, elektr va gaz tarmoqlarining sozligi hamda yashash xonalarida o‘rnatilgan jihozlarning texnik holati o‘rganildi. Shuningdek, sport zalining umumiy sharoitlari, qizlar va o‘g‘il bolalar uchun ajratilgan maxsus kiyinish xonalari va yuvinish joylari ham ko‘zdan kechirildi.
Jarayon davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati