- 2025-08-31
- 5863
Yangi o‘quv yilini qulay sharoitlarda va yuqori saviyada kutib olish zarur

Kuni kecha Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, O‘zbekiston XDP Samarqand shahar kengashi deputati Shahzoda Negmatova mas’ullar hamrohligida tillar va ijtimoiy fanlar fakultetlarining o‘quv binolari, sport zali hamda 5-son talabalar turar joyining 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
Kuzatuv jarayonida rektor o‘quv xonalari, kafedralar xonalari hamda o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni batafsil o‘rgandi. Shu bilan birga, talabalarning samarali ta’lim olishi va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shahzoda Negmatova yangi o‘quv yilini qulay sharoitlarda va yuqori saviyada kutib olish institut jamoasining asosiy vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati