Aziz yurtdoshlar, qadrli ustoz va hamkasblar!

  • 2025-09-01
  • 6842
Aziz yurtdoshlar, qadrli ustoz va hamkasblar!
Aziz yurtdoshlar, qadrli ustoz va hamkasblar!

Sizlarni mamlakatimiz hayotida eng ulug‘ va eng aziz sanaga aylangan — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Mustaqilligimiz tufayli yurtimizda tinchlik va barqarorlik qaror topdi, har bir insonning hayotida yangi imkoniyatlar ochildi.

Aziz ustozlar! Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli yurtimizda bilimli, zamonaviy tafakkurli, ma’naviy barkamol avlod voyaga yetmoqda. Shu bois sizlarning jamiyat hayotidagi o‘rningiz va mas’uliyatingiz beqiyosdir.

Shu qutlug‘ kunda Siz azizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga fayz-u baraka, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilayman.

Mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Shahzoda Negmatova
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori,
O‘zbekiston XDP Samarqand shahar kengashi deputati

Tags
Share This Post