- 2025-09-02
- 5840
Shahzoda Negmatova “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

Bugun yurtimizning barcha umumta’lim muassasalarida 2025–2026-o‘quv yilining ilk dars soatlari boshlandi.
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, O‘zbekiston XDP Samarqand shahar kengashi deputati Shahzoda Negmatova Samarqand shahridagi 13-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.
Shundan so‘ng, rektor “Kelajak soati” darslarida qatnashib, o‘quvchi yoshlar bilan samimiy muloqot qildi hamda ularga ilmiy va badiiy janrlardagi kitoblar to‘plamini taqdim etdi.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati