- 2025-09-03
- 7029
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi

Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, O‘zbekiston XDP Samarqand shahar kengashi deputati Shahzoda Negmatova mas’ullar hamrohligida pedagogika fakultetining o‘quv binolari, auditoriyalari hamda STEAM markazlarining 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
Yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash maqsadida amalga oshirilgan ta’mirlash va jihozlash ishlari, talabalar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, shuningdek, zamonaviy ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan yangiliklarga alohida e’tibor qaratildi.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati