Pedagogika fakulteti talabalarni kutib oldi!

  • 2025-09-03
  • 8242
Pedagogika fakulteti talabalarni kutib oldi!
Pedagogika fakulteti talabalarni kutib oldi!

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, O‘zbekiston XDP Samarqand shahar kengashi deputati Shahzoda Negmatova pedagogika fakultetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni tantanali kutib olish marosimida ishtirok etdi. Tadbir yurtimiz Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Tadbirda rektor so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilini boshlayotgan barcha talabalarga o‘zining samimiy tabriklarini yo‘lladi. Shuningdek, kelajakda ularning eng fidoyi o‘qituvchi, malakali tarbiyachi hamda ta’lim sohasining munosib vakillari bo‘lib kamol topishlariga ishonch bildirdi va ularga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post