- 2025-09-17
- 6204
Samarqand davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar Kengashi raisi Raxmatillo Hakimov, partiyaning Samarqand shahar Kengashi deputati, SamDPI rektori Shahzoda Negmatova, shahar Kengashi deputati, TATU Samarqand filiali direktori Zayniddin Qarshiyev, shahar Kengashi deputati, “Marxabo” MFY raisi Anjelika Saradjanova hamda institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida partiyaning Samarqand shahar Kengashi tomonidan 2025-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan reyting natijalari muhokama qilindi.
Dastlab Raxmatillo Hakimov 2025-yil yarim yillik faoliyati yuzasidan natijalarni o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng deputatlar partiya faoliyatining hozirgi holati, amalga oshirilgan ishlar hamda deputatlar oldida turgan kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdilar.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati