- 2025-09-20
- 6956
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova institut talabalari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir davomida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning amaliy natijalari haqida so‘z yuritildi. Professor Shahzoda Negmatova talabalar bilan samimiy muloqot qilib, ularning muammolarini tinglash, fikr va takliflarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuv jarayonida ko‘tarilgan masalalar institutning tegishli bo‘limlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanishi ta’kidlandi.
Mazkur muloqot ta’lim sifati va ijtimoiy muhitni yanada takomillashtirish, talabalar duch kelayotgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, ochiq muloqot talabalar ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom fikr almashuvini yo‘lga qo‘yish hamda institut rahbariyati bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirishda muhim o‘rin tutdi.
Rektor va talabalar uchrashuvi institut jamoasining birdamligini ko‘rsatib, ta’lim muassasasi nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati