- 2025-10-17
- 8610
Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqamli ilmiy kengash qoshida navbatdagi ilmiy seminar tashkil etildi. Tadbirga institut rektori, professor Shahzoda Negmatova raislik qildi.
Seminar davomida tadqiqotchilar Raximova Gularo Ibragimovna hamda Usmanova Feruza Saidaxmedovnalar o‘z dissertatsiya mavzulari bo‘yicha taqdimotlarini namoyish etdilar.
Jarayon savol-javoblar, takliflar va ilmiy tahlillar bilan boyidi. Seminar ishtirokchilari dissertatsiya ishlarini tanqidiy tahlil qilib, mavjud kamchiliklar yuzasidan zarur tavsiyalar va mulohazalar bildirdilar.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati