- 2025-11-12
- 7010
Sog‘lom jamiyat — taraqqiyot garovi!
Joriy yilning 10-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda sohadagi dolzarb masalalar, aholiga tibbiy xizmat sifati va kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Sog‘liqni saqlash — ijtimoiy sohaning asosiy yo‘nalishi bo‘lib, Xalq demokratik partiyasi dasturida uni rivojlantirish, aholining, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning sog‘lom turmush tarzini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.
Prezident yig‘ilishida ilgari surilgan vazifalar partiya dasturi maqsadlariga to‘la mos bo‘lib, ularni joylarda amaliy natijaga aylantirish har birimizning mas’uliyatli burchimizdir.
Samarqand shahrimizda ham sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, birlamchi tibbiyot xizmatlarini kuchaytirish, profilaktika ishlarini kengaytirish, tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish yo‘nalishlarida izchil ishlar olib borilmoqda.
Sog‘lom jamiyat — taraqqiyot garovi. Shu bois XDP deputatlari, tibbiyot va ta’lim sohasi vakillari sifatida mazkur islohotlarni hayotga tatbiq etish yo‘lida faol hamkorlikni davom ettiramiz.
Shahzoda Negmatova
O‘zbekiston XDP Samarqand shahar kengashi deputati,
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor
